"Xolis fikr" telegram kanali Toshkent—Termiz avtomagistralidagi avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)ning teng yarmi ishlamayaptgani haqida xabar bermoqda. Uning fikricha, ishlaganlari ham nari borsa 6-7 soat gaz quyadi-da, keyin darvozalarini tambalamoqda.
Bu holat 2018 yil dekabridagi manzaralarni esga solmoqda. Xotirangizdan ko`tarilmagan bo`lsa, o`shanda shu kabi uzundan-uzun navbatlardan keyin gaz narxi oshirilgandi, deydi bolger.
Uning eshitganlaricha, AGTQShda uzilashlar o`tgan hafta oxirlarida boshlangan. Sababini tadbirkordan bilishining iloji bo`lmagan. Kompressorchilar bo`lsa limit tugab qolayotganini vaj qilgan.
- Qizig`i, limit deganlari iste`mol talabidan kelib chiqib, belgilanmaydimi?! Har holda, bizga “O`ztransgaz” AJ mas`ullarining har yili 1 sentyabrga qadar iste`molchilarning zaruriy gaz hajmlari to`g`risidagi talabnomalari yig`ilib, kelgusi yil uchun limit “ishlab chiqish” haqidagi gaplari yod bo`lib ketgan...
Tadbirkor tadbirli bo`lisharkan. Ayrim “zapravka”larda vaziyatdan kelib chiqib, pul qilishning yangi yo`llari ixtiro qilinibdi. Masalan, Oq oltin tumanidagi “Gaz Invest Group” MChJGa tegishli AGTKShning bitta kalonkasi go`yoki ishlamaydi. Oldiga kichik o`t o`chirish ballonchasi qo`yib qo`yilgan. Bu erda xos yo`lakdan kelgan maxsus mashinalarga gaz quyiladi. Shunday mashinalar egasidan buning sirini so`rasam, sekin borib, besh ming qistirsam, vassalom emish.
Bunday qilmay adashibman. Operatordan bu “imtiyoz” haqida so`rasam: “Sen kimsan?! Borib, navbatingni kut!” degan javobni oldim, deyiladi kanalda.
Bloger iste`molchilar talabi bir tiyin, ayniqsa, monopollar uchun, izoh beradi. Vaziyatga izoh bermayotgan “O`ztransgaz” AJ ham “Sen kimsan?!” deya o`dag`aylamasaydi, deb xulosa qiladi bloger .






