1

Mirodil Abdurahmonov: “Butun O`zbekiston tadbirkorlari partiyalarni tavqi la`nat qilsa arziydi”

Jamiyat 27.11.2019, 16:25
Mirodil Abdurahmonov: “Butun O`zbekiston tadbirkorlari partiyalarni tavqi la`nat qilsa arziydi”

O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakili Mirodil Abdurahmonov bugun O`zbekiston tadbirkorlarini qiynayotgan muammolar hamon o`z echimini topmayotganini ma`lum qildi. Bu haqda O`z A muxbiri xabar bermoqda. 

Xalqaro press-klubning press-kofe muloqotida partiya vakili tadbirkorlar er mulkiga egalik qilish huquqini himoya qila olmayotgani haqidagi fikrini o`zining yaqin tanishlari misolida keltirib o`tdi. U “O`zbekiston tadbirkorlari partiyalarni har qancha tavqi la`nat qilsa arziydi”, deya keskin munosabat bildirdi.

Mirodil Abdurahmonov farmon va qarorlar tadbirkorlar faoliyatini qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgani, biroq ularning ijrosi ta`minlanmayotganini ochiq tan olishimiz lozimligini ham aytib o`tdi.

Muloqotda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi, siyosiy partiyalar, savdo-sanoat palatasi, biznes ombudsman vakillari va tadbirkorlar ishtirok etmoqda.

Eslatib o`tamiz, Mirodil Abdurahmonov ancha yillar O`zbekiston tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O`zbekiston liberal demokratik partiyasining bosh nashri “XXI asr“ gazetasida uzoq yillar bosh muharrir lavozimida ham faoliyat yuritgan. Ayni paytda esa “Milliy tiklanish“ partiyasida faoliyat yuritmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1