1

Marokkada repper haqiqatni kuylagani uchun hibsga olindi

Dunyo 27.11.2019, 16:49
Marokkada repper haqiqatni kuylagani uchun hibsga olindi

Marokash sudi ijtimoiy tarmoqlarda Gnaviy nomi bilan tanilgan repchi Muhammad Munirni polisiyani haqorat qilgani uchun bir yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda tarjumon.uz  aljazeera.com saytiga tayanib xabar bermoqda. 

 Himoyachining aytishicha, uning 31 yoshli mijozi Marokashdagi yoshlarning mashaqqatlari, ishsizlik va korrupsiya haqida qo`shiq yozganligi tufayli jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Qo`shiq nomi «Aach al Chaab » ya`ni «Odamlar uzoq yashasin» deb tarjima qilingan bo`lib, o`tgan oy chiqarilganidan beri YouTube-da 15 million martadan ko`p tomosha qilingan.

Mazkur qo`shiq mamlakatning rasmiy doirasiga qaratilgan bo`lib, shuningdek videoda  iqtisodiy tanglik tobora kengayib borayotganligi tanqid qilingan.

Bundan tashqari, qo`shiqning boshqa bo`limi o`g`illari Evropaga ko`chib o`tishda vafot etgan onaga bag`ishlangan, yana bir qismida qattiq giyohvand moddalar bilan buzilgan yosh avlod aks ettirilgan.

Amnisty International tashkiloti qo`shiqchining hibsga olinishini «bema`nilik» va «so`z erkinligiga qo`pol tajovuz» deb atadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1