1

2 kunda Qashqadaryoda 5 kishi ko`mirdan, 4 kishi tandir cho`g`idan zaharlandi

Jamiyat 27.11.2019, 17:02
2 kunda Qashqadaryoda 5 kishi ko`mirdan, 4 kishi tandir cho`g`idan zaharlandi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga joriy yil 25 noyabr kuni tungi soat 02.40da bir oilaning 5 nafar a`zosi is gazidan zaharlangan holda keltirildi.

Viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, Qarshi shahri Kat mahallasidan 37 yoshli Sh.T., 32 yoshli G.X., 13 yoshli Sh.N., 11 yoshli Sh.N. va 4 yoshli E.N. xonadonda ko`mir yoqish natijasida is gazidan o`rta og`ir darajada zaharlanishgan.

Ma`lum bo`lishicha, xonadon sohibining kechqurun ko`mir cho`g`ida kabob tayyorlagani va qolgan cho`g`ni uyga olib kirib qo`yganligi mazkur noxush hodisaga sabab bo`lgani aytilmoqda. Ayni paytda bemorlarga malakali tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

Shuningdek, joriy yilning 26 noyabr kuni taxminan soat 22.00 larda Qarshi tumani Parg`uza qishlog`ilik Sh.B. xonadonida to`rt kishi is gazidan zaharlanganligi qayd etildi.

Aniqlanishicha, ushbu noxush hodisaga tandirda yoqilgan o`tin cho`g`i uyga olib kirilganligi sabab bo`lgan.

Mazkur oiladan xonadon sohibi, 45 yoshli Sh.B. engil zaharlangan, unga ambulator yordam ko`rsatilgan. Oilaning boshqa a`zolari 41 yoshli T.V., 17 yoshli J.T., 9 yoshli Sh.T. is gazidan o`tkir zaharlanish o`rta og`ir darajasi tashxisi bilan respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga yotqizilgan.

Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lumotiga ko`ra, bemorlarga tajribali shifokorlar tomonidan malakali tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1