1

3000 dona pirotexnika vositalari bor shaxs qo`lga olindi

Jamiyat 27.11.2019, 17:51
3000 dona pirotexnika vositalari bor shaxs qo`lga olindi

Pirotexnika vositalarini yashirincha olib kirishga bo`lgan urinishlar  qo`lga olindi. Bu haqida Davlat bojxona qo`mitasi "Darakchi"ga xabar berdi...

Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.P.ning  qo`lidagi selofan paket xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. 

Natijada, ushbu shaxsning yonida 3000 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 1851-moddasida hamda Jinoyat kodeksining 2501-moddasida pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik va jazo choralari belgilangan. 

Yodingizda tuting, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, mamlakatimizga olib kirish, tashish, saqlash va sotish taqiqlangan.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1