1

Chegaradan kirayotgan “MAN”da 646,5 million so`mlik hujjatlarsiz tovar aniqlandi  

Jamiyat 27.11.2019, 18:15
Chegaradan kirayotgan “MAN”da 646,5 million so`mlik hujjatlarsiz tovar aniqlandi  

Yirik miqdordagi tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi, deya, darakchi.uz’ga xabar qildi Davlat Bojxona qo`mitasi.

Ma`lum qilinishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona postiga qo`shni mamlakatdan kirib kelayotgan fuqaro O.Sh. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda inspeksion ko`rik vositasi yordamida ko`zdan kechirildi. 

Natijada, avtomashina yukxonasida yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilmagan, jami 646,5 million so`mlik 31 turdagi tovar-moddiy boyliklari borligi aniqlandi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1