1

Test sinovlarida noto`g`ri javob uchun jarima ball berilishi mumkin

Jamiyat 27.11.2019, 19:00
Test sinovlarida noto`g`ri javob uchun jarima ball berilishi mumkin

Xabaringiz bor, kelgusi yilgi test sinovlarida jiddiy tizimli o`zgarishlar kutilmoqda. Masalan, 5 ta fandan test bo`ladi. Shundan 3 tasi hamma yo`nalish uchun majburiy (ona-tili, O`zbekiston tarixi, matematika) fanlar, qolgan 2 tasi esa yo`nalishga qarab mutaxassislik fanlari bo`ladi. Bloger va huquqshunos Xushnud Xudoyberdiev bu boradagi yana bir yangilikni abiturientlar bilan bo`lishdi.

“Olingan ma`lumotlarga ko`ra, yangiliklardan yana biri - kelgusi yildan tavakkalchilarga qarshi kurashish maqsadida noto`g`ri javob uchun jarima ballari berilishi mumkin. Ya`ni noto`g`ri javob uchun ma`lum bir ball minus qilinadi.

Bunda har bir noto`g`ri javob uchun jarima ball to`g`ri javobga beriladigan ballning to`rtdan bir (25%) qismiga to`g`ri keladi.

Jumladan, quyidagicha bo`lishi mumkin:

3 ta majburiy fanlar uchun

to`g`ri javobga - 2,1 ball;

noto`g`ri javobga - minus 0.525 ball.

2 ta mutaxassislik fanlar uchun

to`g`ri javobga - 3,1 ball;

noto`g`ri javobga - minus 0.775 ball.

Noto`g`ri javob uchun ball minus qilish xalqaro maydon uchun notanish emas, bunaqa tizim ko`p joyda bor.

Bunday tizimdan asosiy maqsad - echimini bilmasdan turib, tavakkal javob beradiganlarni ehtimoliy o`qishga kirib qolishining oldini olishdir. Shunda abiturientlar faqat bilgan savoliga javob belgilaydi, bilmagan savollarini ochiq qoldiradi (ochiq qoldirilsa, ball minus qilinmaydi). Endilikda faqat bitta harf yoki zig-zag qilib belgilaganlar o`qishga kira olmaydi”, — deya, batafsil tushuncha bergan bloger.

Shuningdek, Xushnud Xudoyberdiev bu yangilik juda yaxshi o`zgarish ekanligini va uni qo`llab-quvvatlashini bildirib, biroq, bu hali rasman tasdiqlanmagani, hozircha faqat loyiha maqomida ekanligini eslatib o`tgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1