AsosiyJamiyat

Metroda svet o`chishiga nima sabab bo`lgan edi?

'Metroda svet o`chishiga nima sabab bo`lgan edi?'ning rasmi

Bugun, 27 noyabr kuni ijtimoiy tarmoq hamda axborot saytlarida elektr energiyasi bilan bog`liq muammo tufayli Toshkent metrosining “O`zbekiston” yo`nalishidagi “G`afur G`ulom”, “Alisher Navoiy” bekatlarida yoritish uskunalarida nosozlik hamda eskalatorlar to`xtab qolganligi to`g`risida ma`lumot tarqaldi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati buning sabablarini ma`lum qildi.

Ma`lum bo`lishicha, bugun soat 10:42da Shayxontohur tumanida joylashgan   35 kV “Shayxontohur” podstansiyadagi yuqori kuchlanishli “Shayxontohur 1” yo`nalishli kabel tarmog`i shikastlanishi natijasida qisqa muddatli uzilish bo`lgan hamda shu zahoti avtomatik ravishda zahiradagi kabel tarmog`iga ulangan. Soat 10:43 da elektr energiyasi to`la quvvat bilan uzatila boshlangan.

Eslatib o`tamiz, bugun TV orqali jonli ko`rsatilayotgan saylov debati Toshkentda elektr o`chgani sabab uzilib qolgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar