O`zbekistondagi maktablarda ob-havo sharoitidan kelib chiqib, qishki o`qish davrida o`quvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos klassik ko`rinishdagi shim kiyishga ruxsat beriladi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.
Xabar berilishicha, ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida maktablardagi ba`zi ota-onalar qiz farzandlarining ta`lim muassasasiga shim kiyib kelishiga ruxsat berish bo`yicha murojaat bilan chiqqan. Vazirlik vakilining ma`lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan «Davlat umumiy o`rta ta`lim muassasalari o`quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to`g`risida»gi nizomning 8-bandiga muvofiq ob-havo sharoitidan kelib chiqib, qishki o`qish davrida o`quvchi qizlarga yagona maktab formasiga mos klassik ko`rinishdagi shim kiyishga ruxsat berilgan.