Filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Menglievning “O`quvchini mayib qilayotgan keraksiz mavzular, ko`rinmas va samarasiz milliardlar” nomli maqolasini darakchi.uz saytida ham berilgan edi.
Ushbu maqolaga Xalq ta`limi vazirligi munosabat bildirildi. Unda aytilishicha, hozirgi kunda vazirlik yangi milliy ta`lim standartlarini ishlab chiqmoqda. Milliy ta`lim standartlari asosida darslik va o`quv qo`llanmalar, o`qitish uslublari hamda baholash tizimi yaratiladi. Mazkur jarayonga mahalliy va xorijlik ekspertlar jalb etilgan.
Umumiy o`rta ta`lim standartlari loyihalari yil yakuniga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo`yilishi rejalashtirilgan. Keyingi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar har bir fan va sinf uchun o`quv dasturlarini ishlab chiqish hamda 2020 yil o`quv materiallarini tayyorlashdan iborat.
Yangi standartlar asosida ishlab chiqilgan o`quv rejalari va dasturlari maktablarda 2021-2022 yillarda aprobasiyadan o`tadi va kelasi besh yilda bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.
Mutaxassislar tomonidan Baxtiyor Menglievning takliflari o`rganib chiqilib, uni «ona tili» fani bo`yicha darsliklarni tayyorlovchi ishchi guruhiga taklif etishadigan bo`lishdi.






