Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan tarkibida psixotrop moddalari mavjud bo`lgan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o`tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro M.G. chegara hududidan yo`lovchi taksi orqali berib yuborilgan 2 dona qutilarga solingan dori vositalarini kutib turgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olindi.
Qutilarda umumiy qiymati 300 million so`mlik 28000 dona kuchli ta`sir qiluvchi psixotrop dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






