26-noyabr kuni internet ijtimoiy tarmoqlarida “Aybingni topmaguncha qo`yib yubormayman yoxud zamondan ortda qolgan YPX xodimi" sarlavhasi bilan Toshkent viloyati Parkent tumani IIB YHXB YPX inspektori va haydovchi o`rtasidagi muloqot jarayoni tasvirlangan videolavha joylashtirildi.
Ushbu voqea ayni paytga qadar keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda.
Shu munosabat bilan mazkur holat Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o`rganilib chiqildi.
Ma`lum qilinishicha, jarayonda Parkent tumani IIB YHXB YPX inspektoriserjant J.Abdurahmonov tomonidan bir qator qo`pol kamchiliklarga yo`l qo`yilgan. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1-dekabrdagi 975-sonli qaror talablarini buzilgan. Hozirda unga nisbatan Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda. Yakuniy xulosaga ko`ra serjant qonun doirasida tegishli choralar ko`riladi.






