AsosiyDunyo

Kanadada samolyotning halokatga uchrashi oqibatida o`zbek oilasi halok bo`ldi

'Kanadada samolyotning halokatga uchrashi oqibatida o`zbek oilasi halok bo`ldi'ning rasmi

Kanadaning Ontario provinsiyasida engil samolyotning halokatga uchrashi oqibatida etti kishi qurbon bo`ldi. Bu haqda hozirda Kanadada yashayotgan hamyurtimizning o`zining telegramdagi kanalida xabar bermoqda.  

Asli o`zbekistonlik, AQShning Texas shtatida istiqomat qiluvchi Otabek Obloqulov Ontarioning Kingston shahri atrofida Piper PA-32 samolyotini boshqarib ketayotganida halokatga uchragan. Samolyot Ontarioning Markxem shahridan Kvebek provinsiyasining Kvebek shahri tomon harakatlanayotgan bo`lgan.

Samolyotda Obloqulovning turmush o`rtog`i va 3, 11 va 15 yoshli farzandlari bo`lgan. Bundan tashqari bortda Kanadaning Toronto shahrida doimiy istiqomat qiluvchi, asli O`zbekistondan bo`lgan Bobomurod Nabiev va uning turmush o`rtog`i ham bo`lgan.

Samolyot Kingston shahrining shimoli-g`arbiga, quyuq o`rmonga qulagan. Fojea natijasida samolyotning barcha yo`lovchilari halok bo`lgan.

Halokat sabablari o`rganilmoqda. Qoidaga ko`ra, bunday kichkina samolyotlarda «qora quti» bo`lishi majburiy bo`lmagan. Kanada meteorologiya xizmati tarqatgan xabarga ko`ra, samolyot qulagan paytda xududda kuchli shamol esgan.

Suratda (chapdan o`ngga): Otabek Obloqulov va Bobomurod Nabiev

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar