O`zbekistonda mavjud beshta partiyalarga a`zo bo`lgan fuqarolar soni 2214874 (ikki million ikki yuzi o`n to`rt ming sakkiz yuz etmish to`rt) nafarni tashkil etadi.
Xabaringiz bor, joriy yil 22 dekabr kuni O`zbekiston Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo`lib o`tadigan saylovlarga jiddiy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Partiyalar a`zolari saylovchilarning ishonchini qozonish maqsadida saylovoldi dasturlarini targ`ib qilib o`zaro debatlarda, shuningdek, turli xil mitinglarda ishtirok etib kelmoqda.
Xo`sh, O`zbekiston mavjud bo`lgan beshta partiyaning umumiy a`zolari qancha?
Qaysi partiya eng ko`p a`zolarga ega?
1. O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi – OʻzLiDeP: 755 ming (etti yuz ellik besh ming) a`zo ro`yxatga olingan;
2. O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi – XDP: 496 ming 396 (to`rt yuz to`qson olti ming uch yuz to`qson olti) nafar a`zo ro`yxatga olingan;
3. “Adolat” sosial-demokratik partiyasi – “Adolat” SDP: 414 ming 478 (to`rt yuz o`n to`rt ming to`rt yuz etmish sakkiz) nafar a`zo ro`yxatga olingan;
4. O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – “Milliy tiklanish” DP: 301 ming (uch yuz bir ming) nafar a`zo ro`yxatga olingan;
5. O`zbekiston Ekologik partiyasi – Ekopartiya: 248 ming (ikki yuz qirq sakkiz ming) nafar a`zo ro`yxatga olingan.
Eng ko`p a`zolarga ega partiya bu – OʻzLiDeP: 755 ming (etti yuz ellik besh ming) a`zoga ega.
Eng kam a`zolarga ega partiya esa, bu – Ekopartiya: 248 ming (ikki yuz qirq sakkiz ming) a`zoga ega.






