AsosiyJamiyat

Xavfsiz turizmni ta`minlash xizmati O`zbekiston imidjini qanday shakllantirmoqda?

'Xavfsiz turizmni ta`minlash xizmati O`zbekiston imidjini qanday shakllantirmoqda?'ning rasmi

Kuala-Lumpur shahrida Malayziyaning Turizm, san`at va madaniyat vaziri o`rinbosari Muhammad Baxtiyor bin Van Chik O`zbekiston elchisi Ravshan Usmonovga O`zbekistonni «Osiyoning eng boy tarixiy merosga ega mamlakati» deb tan olingani to`g`risidagi diplomni topshirdi.

Ta`kidlab o`tish joizki, ushbu e`tirofda IIVning Xavfsiz turizmni ta`minlash xizmati tizimida amalga oshirilgan izchil islohotlarning natijasi muhim ahamiyat kasb etadi.

IIV Malaka oshirish instituti Jinoyatchilikka qarshi kurash kafedrasi katta o`qituvchisi Aziz Toshmatov:

— Jahon hamjamiyati tomonidan jonajon Vatanimizning madaniyati, san`ati, ming-ming yillik tarixi naqadar boyligimiz yana bir karra ishonch hosil qildi. Biz yosh avlod ota-bobolarimiz tomonidan qoldirilgan boy madaniy merosni ko`z qorachig`imizdek asrab-avaylash va kelgusi avdodlarga etkazishlik biz uchun ham farz, ham qarzdir.

Madaniy meros ob`ektlarimizning doimiy davlat muhofazasidadir. Shuni ta`kidlash joizki, ushbu qadimiy yodgorliklarimiz, ota-bobolarimizdan qolgan meros mamlakatimizga xorijiy mehmonlarni tashrifini yildan-yilga ko`paytirmoqda.

IIV Malaka oshirish instituti Jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta`minlash kafedrasi katta o`qituvchisi Botir To`ychiev:

—Bugungi kunda respublikamizdagi tarixiy obidalarni va madaniy merosimizni kelib kurish uchun turistlar soni so`nggi ikki yil mobaynida keskin ortib bormoqda. 

Buning zaminida yurtboshimizning tashabbuslari bilan turizm salohiyatini yuksaltirish bo`yicha chiqarilgan farmon va qarorlar asosida  xorijiy va mahalliy turistlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ular uchun viza tizimini engillashtirish va ko`plab xorijiy davlatlar fuqarolariga 30 kungacha vizasiz kelish tartibi joriy etilganligi hamda O`zbekistonning tashrif uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi obro`sini shakllantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ko`rib borilayotganligi natijasidir.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 martdagi “Transport va turizm ob`ektlarida jamoat xavfsizligini ta`minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, bevosita turizm namoyishi ob`ektlari va infratuzilmasi hududlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari xizmatini samarali tashkil qilish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xavfsiz turizmni ta`minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning Toshkent shahar, Toshkent viloyati  ichki ishlar bosh boshqarmasi, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm                           va Qashqadaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarining xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmalari tashkil etildi. 

Ular tomonidan turistlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta`minlash, ularning hayoti, sog`ligi va mol-mulkini turli jinoiy tajovuzlardan himoya qilish, yordamga muxtoj turistlarga tezkor va sifatli yordam ko`rsatishlari bilan birga xodimlarning xushmuomalalik bilan xorijiy tillarda erkin so`zlashishlari kelayotgan turistlarda xodimlarimiz hamda yurtimiz haqida ijobiy imidjini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

IIV Malaka oshirish instituti katta o`qituvchi-metodisti  Bobur Turdaliev:

— Mamlakatimizning o`zining boy tarixiy va madaniy merosi bilan jahon hamjamiyatida o`zining ajralmas o`rniga ega. Vatanimizning ushbu takrorlanmas merosi xorijiy mehmonlarning e`tiborini doimo o`ziga jalb qilib kelgan. 

Hozirgi davrga kelib, tashrif buyurayotgan sayyohlarning xavfsizligini ta`minlanishi ularning yurtimizga bo`lgan ishonch hissini yanada oshirmoqda. 

Mazkur e`tirofning izchilligini ta`minlashda ijobiy ko`rsatkichlarga erishishda mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan uzviy bog`liq «Xavfsiz shahar», «Xavfsiz poytaxt», «Xavfsiz turizmni ta`minlash» kabi o`ziga xos yangicha konsepsiyalarning hayotga joriy etilganligi dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Ayni paytda, Ichki ishlar vazirligi tizimida xavfsiz turizmni ta`minlash xizmatining tashkil etilishi, ular tomonidan har bir sayyohning xavfsizligini ta`minlash borasida samarali chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Boshqa yangiliklar