“Adolat” SDPdan Xalq deputatlari Toshknt shahar Kengashi deputatligiga 6-"Cho`ponota" saylov okrugidan nomzod Latipov Obidjon totalizatorning qonuniylashtirilishiga nisbatan o`zining fikrini bildirdi.
“Mendan totalizatorlarning qonuniylashtirilishiga munosabat bildirishimni so`rashyapti.
Bizga aholini bir qismini honavayron qilish evaziga rivojlanadigan futbolni keragi yo`q.
Futbol rivoji uchun qayg`urayotganlar, avval futbolni moliyalashga ketayotgan katta mablag`lar qaerdan kelib qaerga ketayotganini shaffoflashtirsalar yaxshiroq bo`lar edi.
Biz aholini bir qismini qashshoqlikka olib keluvchi, hayotini izdan chiqarib yuboruvchi totalizatorlarga o`xshash narsalar haqida bosh qotirishdan ko`ra, odamlar turmushini yaxshilash, daromadlarini o`stirish yo`llarini izlashimiz kerak.”






