AsosiySalomatlik

Shamollashdan tez va oson halos bo`lish usuli

'Shamollashdan tez va oson halos bo`lish usuli'ning rasmi

Shamollash ayni paytda kuz-qish mavsumida aholi orasida ko`p uchrayotgan va hammani tashvishga solayotgan muammolardan biri. Bu noxushlikning oldini olishda olimlar eng oson va samarali usulni taklif qilishmoqda. Ular qo`yidagicha tez sog`lomlashtiruvchi kun tartibini havola qilishdi.

Britaniya shifokorlaridan eng maqbul kun tartibi

Ertalab uyqudan uyg`ongandagi o`zini betob his qilish kabi yoqimsiz holat har birimizning boshimizdan o`tgan. The Sun nashri bir kunda tetiklashishni va kasal bo`lmaslikni istaydiganlar uchun britaniyalik ekspertlar bilan bo`lgan suhbat hamda uning asosida tayyorlangan mukammal kun tartibini e`lon qildi. 

"Tong otishi bilan kuningizni issiq dush qabul qilishdan boshlang", deydi olimlar. Kardiff universiteti professori va shamollashni davolash bo`yicha mutaxassis Ron Eklz ta`kidlashicha, bug` burun bitishini bartaraf etadi, issiq suv esa tana zirqirashini engishda yordam beradi. 

So`ngra nutrisiolog Amanda Arsell tavsiyasiga ko`ra S vitaminining kunlik miqdori bilan quvvatlanish kerak. Nonushtaga qo`shimcha ravishda apelsin va kivi qo`shilgan mevali salat qo`shish mumkin yoki har kuni siz sevib iste`mol qiladigan bo`tqani rezavorlar bilan bezatish kifoya. 

Tonggi qahva va choydan esa voz kechgan ma`qul: tarkibida kofein bor bo`lgan suyuqliklar nisbatan organizmdan tez chiqib ketadi. Yangi siqilgan apelsin sharbatiesa  tetiklanishda samarali foyda keltiradi. Kunduzgi vaqt esa shamollashning birinchi alomatlari yuzaga kelishi bilan, iloji boricha, ishlarni ortga surib, uyda issiq holatda o`ranib yotishga harakat qiling. Ammo tashqariga chiqish zarurat bo`lsa, birinchi navbatda burunni sovuqdan himoyalash kerak. Antitelalarning viruslar bilan kurashi aynan burunda ro`y beradi. Burunni issiq sharf bilan berkiting va yoningizda burunni namlantiruvchi sprey olib yuring. 

Betoblik holatiga barham beruvchi eng yaxshi taom tovuq sho`rva hisoblanadi. Angliyaning Lister shifoxonasi LOR-jarrohi Adam Frosh bu fikrga mutlaq qo`shiladi. Bunday sho`rva nafaqat oziqlantiradi, balki iliqlik va qulaylik hissini beradi. U kasal inson uchun ideal taom.

Shuningdek, shifokorlar iloji boricha ko`proq suv ichishni va spirtli ichimliklardan saqlanishni maslahat berishadi. Agar ishtaha yo`qolmagan bo`lsa, ovqatlanish oralig`ida yong`oqlardan bir hovuch miqdorida iste`mol qilish maqsadga muvofiqdir. 

Amanda Arsellning so`zlariga ko`ra, ushbu yong`oq tarkibidagi selen katta foydani hosil qiladi. U immunitet tizimi uchun muhim element, ya`ni oqsillar bilan birikib, viruslarga qarshi kurashda yordam beradi.

Kechqurun kechki ovqat uchun achchiq karri qo`shilgan taom tayyorlang. Amanda ziravorlar burun shilliq qavatini tozalash xususiyati keltirib chiqaradi va burun bitib qolishiga to`sqinlik qilib, uni tozalashni osonlashtiradi degan fikrda. Shundan so`ng, siz o`zingizni darhol yaxshi his etasiz. Ko`pincha shamollashning birinchi alomatlarida, odamlar hech bo`lmaganda birortasi ish beradi deb umid qilib, bir necha xil dori vositalari ichishadi. Ammo doktor Frosh parasetamol va ibuprofenni cheklashni maslahat beradi. Dozalash ishlab chiqaruvchiga bog`liq, shuning uchun dorini qo`llashdan oldin ko`rsatmalar bilan tanishib chiqing. 

Eng oxirgi ibuprofen tabletkasini yaxshisi tunda ichgan ma`qul: uning ta`siri odatda uzoqroq davom etadi va uxlab qolishingizga yordam beradi. Ikkala dori ham bir-biriga o`xshash tarzda ta`sir o`tkazadi, birgalikda harorat va og`riqqa qarshi kurashadi. 

Uyquga ertaroq yotgan ma`qulroq. Uyqusizlik immunitet tizimiga salbiy ta`sir ko`rsatadi: bunda himoyalovchi oqsillarni ishlab chiqarish kamayadi. Kamida 8 soat dam olish zarur, aks holda tana himoyasi zaiflashadi va kunduzgi davolash choralarining ta`siri kamayadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar