AsosiyJamiyat

Rossiyadagi vatandosh: "Bizga Sitini keragi yo`q, svetni o`chirmasin, iltimos"

'Rossiyadagi vatandosh: "Bizga Sitini keragi yo`q, svetni o`chirmasin, iltimos"'ning rasmi

Bloger  Shokirjonov kanali botiga bir ayoldan kelgan murojaatni joylabdi. 

"Men Jo`rabek Normurodov, Surxondaryo viloyati Termiz shahridanman. Hozirda Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida mehnat qilib oilamni, ro`zg`orimni tebratyapman.  

Murojaatim shundan iboratki, hozir turmush o`rtog`im Termiz shahrida Avloniy mahallasida yashayapti. O`zimiz garchi shaharda tursak-da, doim elektr toki o`chib turadi.  

Ikki nafar farzandim bor. Bittasi — 3 yosh, ikkinchisi — 3 oylik. O`zingiz yaxshi bilasiz, yosh bolalarni sovuqda kasal qilib qo`yish juda oson.  

Yaqinda bo`lgan voqeani bayon qilaman.  

12 noyabr kuni tunda taxminan soat 22:00 larda svet o`chib qolgan. Turmush o`rtog`im tungi soat 2:00 gacha svetni kelishini kutgan. Menga internet orqali qo`ng`iroq qilyapti «vaziyat shunaqa, svet yo`q, uylar muzlab qolgan, nima qilay», deb. Aksiga olib, telefonining ham quvvati kam ekan telefoni o`chib qoldi.  

Tunda kimga telefon qilishni, kimdan yordam so`rashni bilmay ikki soat yurak hovuchlab o`tirdim. Turmush o`rtog`im ikkita yosh bola bilan ko`chaga zo`rg`a chiqib, mashina to`xtatib onasining uyiga etib boribdi. Bunaqa holat har kuni davom etayapti.  

Elektrni pulini o`z vaqtida to`lab borayotgan bo`lsak nima sababdan o`chirishadi?! Biz qaysi asrda yashayapmiz o`zi? XXI asrda ham shaharda svet bo`lmasa?!  

Yaqinda xabarlardan o`qib qoldim: Termizda ham Siti qurilarmish... Bizga Sitini keragi yo`q, svetni o`chirmasin, iltimos.  

Zora, shu yozganlarim mutasaddilarga etib borsa. Toki ayollarimiz tunda yosh bolalari bilan ko`chama-ko`cha, uyma-uy sarson bo`lmasin..."

    Boshqa yangiliklar