Qorovulbozor tumani markazida qad rostlagan, yosh oilalarga uzoq muddatli kredit asosida topshirilgan xonadonlar egalari isitish qozonlari nosozligidan norozi bo`lib Qorovulbozor tuman Iste`molchilar xuquqlarini ximoya qilish jamiyatiga murojaat qilishdi.
Mutasaddilar tomonidan xolat o`rganildi, qator salbiy xolatlar aniqlandi. Iste`molchilar fikrlari tinglandi, xolat yanada ravshanlashdi. Isitish qozonlari uchun javobgar sanalgan mutasaddilar bilan bog`lanib, xolat atroflicha tushuntirildi. Masalani ijobiy xal etish uchun barcha sa`y-harakatlar qilindi. Natijada, iste`molchilar noroziligiga sabab bo`lgan isitish qozonlari o`rniga umumiy qiymati 3.900.000 so`m bo`lgan yangi qozonlar o`rnatilib, foydalanishga topshirildi.






