AsosiyJamiyat

Bugundan Turkmanistondan elektr energiyasi importiga start berildi. Elektrdagi cheklovlar keskin kamayadi

'Bugundan Turkmanistondan elektr energiyasi importiga start berildi. Elektrdagi cheklovlar keskin kamayadi'ning rasmi

Mamlakatimizga Turkmanistondan 500 kVli havo tarmog`i orqali elektr energiya importiga start berildi.

Bu O`zbekiston Respublikasi energetika vazirligi tizimidagi «O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va Turkmaniston Respublikasining «Turkmanenergo» davlat elektr energetika koorporasiyasi bilan 2019-2020 yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan erishilgan kelishuvga binoan amalga oshirildi.

Eslatib o`tamiz, «O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining joriy yil 29 noyabrda bergan rasmiy bayonotiga ko`ra, ushbu kelishuvga asosan joriy yilning 1 dekabr kunidan mamlakatimiz elektr energiyasi ta`minotida ijobiy o`zgarishlar ro`y berib, tarmoqdagi cheklovlar keskin kamayishi ma`lum qilingan edi.

 

    Boshqa yangiliklar