Toshkent viloyatidagi Davlat chegarasiga o`rnatilgan mina maydonlarini tozalash ishlari olib borildi. Bu haqda DXX Chegara qo`shinlari matbuot xizmati xabar berib o`tdi.
Xabarda ta`kidlanishicha, mina maydonlarini tozalashda faol ishtirok etganlar rag`batlantirilgan. Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan 2019 yil davomida Toshkent viloyati qo`riqlov sohasida davlat chegarasiga o`rnatilgan mina maydonlarini tozalashda faol ishtirok etganligi uchun 13 nafar harbiy xizmatchilar DXX Chegara qo`shinlari qo`mondoni vakolati doirasida qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanishdi.






