AsosiyJamiyat

Surxondaryo viloyati tarkibida yangi tuman tashkil etiladi

'Surxondaryo viloyati tarkibida yangi tuman tashkil etiladi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumani tashkil etiladi. Ushbu masalani deputatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ko`rib chiqishdi.

Shningdek deputatlar Qiziriq, Boysun va Qumqo`rg`on tumanlari hududlari chegarasini o`zgartirish to`g`risidagi masalani ham ko`rib chiqdilar.

O`zgarishlarga ko`ra, Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani hududidagi “Bandixon”, “Bektepa”, “Obod turmush”, “Polvontosh”, “Saroy”, “Birdamlik”, “Chinor”, “Paxtakor”, “Navbahor”, “Farovon”, “Bahoriston”, “O`rg`ilsoy”, “Gulbog`”, “Qaldirg`och”, “Zevar”, “Xo`jaipok”, “Obod yurt” hamda “Bag`ri keng” mahalla fuqarolar yig`inlari, Boysun tumanining “Ko`lqamish” mahallasi “Kuba” qishlog`i, “Obikor” hamda Quduqsoy mahalla fuqarolar yig`inlari, Qumqo`rg`on tumanidagi “Davlatsoy” mahallasining “Porloq” va “Xurmazor” qishloqlari, “Navruz” hamda “Bandixon” mahalla fuqarolar yig`ini hududlari tashkil etilayotgan Bandixon tumani tarkibiga o`tkaziladi.

Deputatlarning aytishicha, bu o`zgarishlar hududda qishloq xo`jaligi, ayniqsa, chorvachilikni rivojlantirishga, aholi bandligini ta`minlashga, Surxondaryo viloyatining dehqonchilik mintaqasi hisoblangan Bandixon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada taraqqiy ettirishga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

Boshqa yangiliklar