AQShning Janubiy Dakota shtatida engil motorli samolyot qulashi natijasida to`qqiz kishi halok bo`ldi. Ular orasida yosh bola ham bor. Bu haqda "Izvestiya" xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Pilatus PC-12 bortida 12 kishi bo`lgan. Aydaho shtatidagi Aydaho sharsharasiga qarab yo`l olgan samolyot Chembrlenning mahalliy aeroportidan jo`nab ketganidan ko`p o`tmay qulagan. Nashrning ta`kidlashicha, voqea sababi noqulay ob-havo sharoiti bo`lishi mumkin. Chunki o`sha kuni kuchli bo`ron va qor kutilishi aytilgan.
Samolyot qulashi paytida tirik qolgan yo`lovchilar eng yaqin shifoxonaga yotqizilgan. Ammo hozircha ularning salomatligi haqida aniq ma`lumotlar yo`q.