Bugun – 1 dekabr kuni taxminan soat 05:30 larda Toshkent viloyati Qibray tumani “Alisherobod” mahallasidagi uylarning birida istiqomat qiluvchi bir oilaning 16 nafar a`zosi is gazidan zaharlanib, shifoxonaga olib kelindi.
IIV huzuridagi Tergov departamentining ma`lum qilishicha, ularning orasida 11 nafari voyaga etmagan fuqarolar bo`lgan. Vafot etganlar yo`q.
Hodisa sodir bo`lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. Mazkur holat yuzasidan qo`shimcha ravishda ma`lumot beriladi.
“Hurmatli fuqarolar! Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, Sizdan, xonandoningiz va boshqa binolardagi gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yo`qligiga e`toborli bo`lishingizni hamda ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so`raymiz”, deydi Tergov departamenti.