AsosiyJamiyat

Makkaga ibodat uchun kelgan musulmonlar haqida ko`rsatuv tasvirga olinmoqda

'Makkaga ibodat uchun kelgan musulmonlar haqida ko`rsatuv tasvirga olinmoqda'ning rasmi

Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi Makkaga ibodat qilish uchun kelgan musulmonlarning  hikoyalarini aks ettiruvchi «Mashair» ko`rsatuvining birinchi mavsumini suratga olish ishlarini boshladi. Bu haqda arabnews.comga tayanib xabar qilindi. 

Vazirlik media-markazining bosh nazoratchisi Ayman bin Muhammad Al-Arfajning so`zlariga ko`ra,  «Mashair» Saudiya Arabistoni va uning fuqarolarining Alloh mehmonlariga xizmat qilishdagi sa`y-harakatlarini yoritishni maqsad qilgan. Uning qo`shimcha qilishicha,  «Mashair»-bu vazirlikning ziyoratchilar va tashrif buyuruvchilarga ko`rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash borasidagi sa`y-harakatlarining ifodasidir.

Vazirlik o`zining Tvitterdagi rasmiy sahifasida dasturning birinchi epizodlarini namoyish qilishni boshlagan. Unda bu yil birinchi marta Umra qilish orzusini amalga oshirgan Jazoirlik ayol Sarxuda Stiti haqida so`z boradi.

 

    Boshqa yangiliklar