AsosiyDunyo

Evropa kosmik agentligi yangi yil uchun rekord darajadagi katta byudjetni tasdiqladi

'Evropa kosmik agentligi yangi yil uchun rekord darajadagi katta byudjetni tasdiqladi'ning rasmi

Evropa kosmik agentligi (EKA) Kengashi Sevilyadagi konferensiyada kelasi besh yil uchun 14,4 milliard evro miqdoridagi byudjetni tasdiqladi. Bu haqda EKA matbuot xizmati ma`lumotiga asoslanib xabar qilinmoqda.

EKAga a`zo 22 mamlakat vakillari kosmik tadqiqotlar uchun sarf-xarajatlarni ko`paytirishga kelishib oldilar.

Xususan, kelishilgan byudjet quyidagi loyihalarni amalga oshirishga yo`naltiriladi:

  1. Gateway stansiyasini oy orbitasida qurish (AQSh NASA aerokosmik agentligi bilan qo`shma loyiha).
  2. Gravitasion to`lqinlarni o`rganish uchun LISA kosmik kemasini ishlab chiqish (loyiha NASA bilan hamlikda ham amalga oshirilmoqda).
  3. Spacekor Rider boshqariladigan kosmik kemasini rivojlantirish.
  4. Athena qora tuynuklarini o`rganish uchun orbital rentgenografiya rasadxonasini qurish.

Boshqa yangiliklar