Pirotexnika inson hayoti va salomatligiga salbiy ta`sir etuvchi vositadir. Shu bois yurtimizda undan foydalanish va yashirincha olib kirishga qarshi keskin choralar ko`rilmoqda.
Jumladan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari viloyat IIB vakillari bilan hamkorlikda Jizzax shahrida tezkor tadbir o`tkazishdi.
Tadbir davomida, fuqaro D.A.ga tegishli bo`lgan qog`oz qutilar ko`zdan kechirilganda, uning ichida hech qanday hujjatlari bo`lmagan 21 175 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






