AsosiyJamiyat

Toshkentda bir sutkada 7 ta yong`in holati qayd etildi

'Toshkentda bir sutkada 7 ta yong`in holati qayd etildi'ning rasmi

Toshkent shahrida o`tgan sutka davomida 7 ta yong`in holati qayd etilgan bo`lib, insonlarni halok bo`lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

1 dekabr kuni soat 11:44da, Uchtepa tumani, Yu.Sakokiy 5-tor ko`chasi 8-uy molxonasining tom qismi 50 kv.m. maydonida yongan. Yong`indan uyning 320 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. Yong`in o`chirish jangovar bo`linmalari chaqirilgan manzilga soat 11:50da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 11:53da qurshab olinib, soat 12:00da bartaraf etilgan.

Yong`in elektr simlani qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo`lgan, deb tahmin qilinmoqda. Yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong`in joyiga 2 ta yong`in o`chirish texnikasi jalb qilingan.

Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek, fuqarolarimizni yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishlarini so`rab qoladi.

    Boshqa yangiliklar