AsosiyJamiyat

Hokim ota-onalar yig`ilishida ishtirok etdi

'Hokim ota-onalar yig`ilishida ishtirok etdi'ning rasmi

Urgut tumani hokimi M.Turdiev farzandi ta`lim olayotgan 136-umumiy o`rta ta`lim maktabida o`tkazilgan ota-onalar yig`ilishida ishtirok etdi.

E`tiborlisi, hokim bola ta`lim-tarbiyasiga sovuqqonlik bilan qaramaydi. M. Turdiev pedagog bilan hamisha hamkor va hammaslak bo`lib ishlash, unga ko`maklashish, tarbiyada doimiy sergak bo`lish lozimligini boshqa ota-onalarga ham uqtirdi.

Hokimning nafaqat tumandagi muammolarni hal etishi, balki bola tarbiyasiga ham mas`uliyat bilan qaragani e`tiborga molik. Bugun voyaga etayotgan o`g`il-qizlarni birgina maktabning o`zi tarbiyalay olmaydi. Unga ta`lim va tarbiyani bir paytda singdirish, iqtidor va iste`dodini qo`llab-quvvatlash, ezgu orzu-umidlarini ro`yobga chiqarish uchun ota-onaning nazorati, ustoz va murabbiy bilan doimiy hamkorligi muhim ahamiyatga ega.

    Boshqa yangiliklar