“O`zbekiston havo yo`llar” Milliy aviakompaniyasi Yangi yil bayrami munosabati bilan 2019 yil 31 dekabrdan 2020 yil 2 yanvargacha respublika bo`yicha qatnovlarda 30% dan 50% gacha chegirmalar o`rnatilgani haqida e`lon qildi.
Chegirmalar quyidagi qatnovlarga ishlab chiqildi:
🔸 individual yo`lovchilar uchun – 30%;
🔸 sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), lisey va oliy o`quv yurtlari, kolledjlar talabalari, maktab o`quvchilari, O`zR IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus ta`lim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va o`quvchilari uchun – 40%;
🔸 oila uchun (2 yoki undan ko`p odam, shuningdek, er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari; 18 yoshgacha bo`lgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) – 50%;
🔸 nafaqaxo`rlar va nogironlar uchun – 50%;
🔸 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davridagi fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun – 50%;
🔸 Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolaruchun – 50%.
Aviachiptalarni barcha kassalarda chegirmalarni olish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda xarid qilish mumkin.
Chegirmalar chet elliklarga ham taqdim etiladi.






