AsosiyJamiyat

Toshkentda 12 ta avtobus yo`nalishi vaqtincha o`zgardi

'Toshkentda 12 ta avtobus yo`nalishi vaqtincha o`zgardi'ning rasmi

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo`nalishining ikkinchi bosqichini qurish ishlari doirasida er osti o`tish yo`li barpo etilmoqda. Shu munosabat bilan qurilish davom etayotgan hududdagi Ahmad Donish ko`chasining Yangi shahar ko`chasi kesishmasi orasidagi (Yunusobod bozori yonida) 3 tomonlama harakatlanish yo`li hamda Ahmad Donish ko`chasining (“Uch baqaloq” kafesidan) Yunus ota ko`chalari kesishmasi orasidagi yo`llar 2019 yil 12 dekabrga qadar vaqtincha yopiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar qilmoqda. 

Mazkur hududlardan o`tuvchi 5, 52, 60, 72, 82, 91, 96, 97, 140, 149, 152, 190-sonli yo`nalishlardagi avtobuslarning harakat yo`li vaqtincha yo`lovchilarga qulay  va xavfsiz bo`lgan yondosh ko`chalar orqali o`tkaziladi.

Yo`nalishlarning o`zgartirilishi munosabati bilan harakat xavfsizligi va yo`lovchilar tashish qoidalariga qat`iy rioya etish yuzasidan haydovchi va chiptachilar o`rtasida navbatdan tashqari yo`riqnomalar o`tkazildi.

    Boshqa yangiliklar