Buxoroda zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar majmuasi barpo etiladi, deya xabar beradi “O`zbekturizm”.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 iyulda qabul qilingan 565-sonli Qaroriga ko`ra, Buxoro shahrida “Bukhara City” nomli zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar majmuasi yaratilishi belgilangan.
“Bukhara City” majmuasi Buxoro shahrining Hofiz Tanish Buxoriy, Zulfiya, Qayum Murtazoev, Ibrohim Mo`minov va Sanoatchilar ko`chalariga tutash hududlarda samarasiz foydalanilayotgan ob`ektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydonda barpo qilinishi rejalashtirilgan.
Majmua bosh rejasini ilg`or xorijiy tajribalarga muvofiq har tomonlama mukammal tayyorlash uchun loyiha boshqaruvchisi sifatida Turkiyaning «Studio Vertebra» kompaniyasi va qurilish sohasida boshqa etakchi loyihalash tashkilotlari jalb qilingan.
Loyihaga ko`ra, hududda biznes markazi, mehmonxonalar, banklar, ofislar, savdo-maishiy shoxobchalar, turar joy binolari va boshqa ob`ektlarni qurish ishlari investorlar va boshqa manbalar mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.






