AsosiyJamiyat

Andijon bozorida noqonuniy "ulanishlar" aniqlandi

'Andijon bozorida noqonuniy "ulanishlar" aniqlandi'ning rasmi

Andijondagi bozorlardan birida noqonuniy elektr energiyasiga ulanish borligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda “darakchi.uz”ga MIB ma`lum qildi. 

Majburiy ijro byurosi Andijon tumani bo`limi xodimlarining nazorat tadbirlari davomida tumandagi bozor kompleksiga tegishli elektr hisoblagichga tashqi ta`sir o`tkazilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan. 

Tahlil natijalariga ko`ra, tuman elektr tarmoqlari korxonasiga jami 66 mln. 303 ming 766 so`m zarar etkazilgan. 

Mazkur holat yuzasidan jamiyat tomonidan etkazilgan jami 66 mln. 303 ming 766 so`m zarar to`liq qoplandi va kelgusida to`g`ri ishlash eng ma`qul yo`l ekanini tushunib etishdi.

Boshqa yangiliklar