AsosiyJamiyat

Avtoulovning "bo`sh” yukxonasiga nima yashirilgan edi?

'Avtoulovning "bo`sh” yukxonasiga nima yashirilgan edi?'ning rasmi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro N.K. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtomashina to`xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo`lmagan, umumiy og`irligi 1305 kilogramm bo`lgan mis, alyuminiy va magniy rangli metall parchalari yashirilganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. 

Ta`kidlash joizki, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibini takomillashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2018 yil 6 iyundagi 425-son Qaroriga asosan jismoniy shaxslar ham metall parchalarini erkin narxlarda “O`zmetkombinat” va “O`zikkilamchiranglimetall” aksionerlik jamiyatlariga topshirishlari mumkin.

Boshqa yangiliklar