Xolis fikrlovchi blogerning aytishlaricha, bugun yaqinda “Tashkent City”da qurib foydalanishga topshirilgan kongress-xoll tomining bir qismi qulab tushgan. Voqea 8 dekabr — Konstitusiya kuni munosabati bilan tashkil etiladigan bayram dasturiga tayyorgarlik ko`rilayotgan vaqtda — repitisiya chog`ida yuz bergan.
Blogerning voqea joyida bo`lgan manbasiga ko`ra, tom qulagan paytda uning ustida usta bo`lgan, u chaqqonlik qilib o`z hayotini saqlab qolgan. Lekin repitisiyadagilar qattiq qo`rqib, vahimaga tushib qolishgan. Ordan ko`p o`tmay, voqea joyiga shahar hokimi etib kelgan.