1

O`zbekiston Milliy axborot agentligining nufuzi vazirlikka tenglashtirildi

Jamiyat 03.12.2019, 11:48
O`zbekiston Milliy axborot agentligining nufuzi vazirlikka tenglashtirildi

O`zbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida Prezident Qarori imzolandi.

Qaror bilan O`zA bosh direktori maqomi, mehnatga haq to`lash, moddiy rag`batlantirish, tibbiy va transport xizmati ko`rsatish shart-sharoitlariga ko`ra vazirga, uning birinchi o`rinbosari va o`rinbosari esa tegishlicha vazirning birinchi o`rinbosari va vazir o`rinbosariga tenglashtiriladi.

O`zA bosh direktori va uning o`rinbosarlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinishi belgilandi.

Shuningdek O`zA O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to`g`risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo`lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro`yxatiga kiritildi.

O`zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid rasmiy ma`lumotlarni izlash, olish, qayta ishlash hamda axborot, axborot-tahliliy, tahliliy-tanqidiy materiallar tayyorlash va tarqatish, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, rasmiy bayonotlari va ma`ruzalarini, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Hukumatining qarorlari va ularning faoliyatiga oid axborotlarni muntazam yoritib borish kabi vazifalar  O`zAning faoliyatining ustuvor yo`nalishlari etib belgilandi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1