AsosiyJAMIYAT

IIV olib tashlangan “post”larning qayta tiklanayotganiga izoh berdi

Avvalroq,  viloyatlarning chegara hududlarida qayta tiklanayotgan “post”lar haqida ma...

'IIV olib tashlangan “post”larning qayta tiklanayotganiga izoh berdi'ning rasmi

Avvalroq,  viloyatlarning chegara hududlarida qayta tiklanayotgan “post”lar haqida ma`lumot berildi. Bir vaqtlar prezident buyrug`i bilan olib tashlangan postlar nega yana qaytadan tiklanmoqda?

Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G`iyosovning ma`lum qilishicha, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi “O`zbekiston Respublikasi yo`l xavfsizligini ta`minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 377-son qaroriga muvofiq, respublika hududida mavjud bo`lgan 133 ta yo`l-patrul xizmati stasionar postlari va patrul-post xizmati postlaridan 74 tasining faoliyati tugatilib, bugungi kunda ulardan 59 tasi o`z ishini davom ettirmoqda.

Shu bilan bir qatorda, yuzaga kelgan tezkor va kriminogen vaziyatni inobatga olgan holda, o`rnatilgan tartibda, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati bilan kelishgan holda, Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan yo`l-patrul va patrul-post xizmati postlarini vaqtincha tashkil etish va tugatish tartibi mavjud.

Yurtimizda rejalashtirilayotgan nufuzli siyosiy va bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish jarayonida xavfsizlikni ta`minlashni samarali tashkil etish maqsadida, ayrim hududlarda vaqtinchalik yo`l-patrul va patrul-post xizmati postlari tashkil etilmoqda.

IIV Axborot xizmati rahbari fuqarolarimizdan ushbu xavfsizlik nuqtai nazaridan amalga oshirilayotgan muhim vazifalarni to`g`ri qabul qilishlarini hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli nomaqbul fikrlarni tarqatmasliklarini so`raydi.

 

Boshqa yangiliklar