AsosiyDunyo

Saudiya Qirolining akasi vafot etdi

'Saudiya Qirolining akasi vafot etdi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni shahzodasi Mutaib bin Abdulaziz as-Saud vafot etdi, deb xabar bermoqda Qirollik matbuot agentligi. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda. 

Shahzoda Mutaib 1931-yilda Riyodda tug`ilgan. U qirollik oilasining katta a`zosi va hozirgi qirol Salmonning akasi edi. U 1958-yildan 1961-yilgacha Makka viloyati gubernatori bo`lgan va shundan keyin bir qancha ma`muriy lavozimlarni ishlagan. Jumladan, Shahzoda Mutaib 1980-yilda shahar va qishloq ishlari vaziri etib tayinlandi va bu lavozimda 2009-yilgacha faoliyat olib bordi.

Qirollik matbuot agentligi xabar berishicha, uning janozasi seshanba kuni, ya`ni bugun Makkadagi Masjid al-Xaramda bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar