AsosiyJamiyat

Sug`diyona maskaniga ichimlik suvi uzluksiz berila boshlandi

'Sug`diyona maskaniga ichimlik suvi uzluksiz berila boshlandi'ning rasmi

Suv va havo – tiriklik omili. Agar toza ichimlik suvi va atrof-muhit tozaligi ta`minlansa shu hududdagi aholining ijtimoiy va iqtisodiy farovonligini rivojlantirishga qulay sharoit yaratiladi. 

Tan olish kerak, hozirgi vaqtda ayrim hududlarimizda ichimlik suvi bo`yicha bir qator muammolarga to`qnash kelayotgan aholi qatlamlari ham mavjud. Hukumatimiz, hududlardagi hokimlik organlari va bir qator mas`ul tashkilotlar ko`magida asta-sekinlik bilan fuqarolarni qiynayotgan barcha muammolarning echimi topilmoqda. Xususan bugundan e`tiboran Samarqand shahrining Sug`diyona maskaniga sinov tariqasida ichimlik suvi sutkasiga 24 soat davomida uzluksiz berilishi boshlandi, Bu quvonchli xabarni Samarqand shahri hokimligining axborot xizmati taqdim etdi.

Hokimlik mutaxassislarining ta`kidlashicha hududlardagi eskirgan quvurlarning nosozligi ham uzoq tumanlarga toza ichimlik suvi etkazib berishda muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. 

Shu bois Sug`diyona maskanini suv bilan ta`minlash loyihasi hozirda sinovdan o`tkazilayotir. Agar mavjud quvurlar doimiy yuqori bosimga bardosh bersa va hech qanday nosozliklar yuzaga kelmasa, bu erda yashovchi aholining suv ta`minotida endi uzilishlar bo`lmaydi.

Boshqa yangiliklar