AsosiyJamiyat

Kecha Andijonda ikki inson tutundan bo`g`ilib vafot etdi

'Kecha Andijonda ikki inson tutundan bo`g`ilib vafot etdi'ning rasmi

 

Andijonda tutundan bo`g`ilib o`lganlik holati qayd etildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Aniqlanishicha, 2019 yil 3 dekabr kuni soat 03.00larda Andijon shahar, Temiryul ko`chasida yashab kelgan, 1965 yilda tug`ilgan Sh.T. va 1981 yilda tug`ilgan ayol V.Ya. qo`lbola usulda yasalgan elektr isitish moslamasidan yong`in chiqishi oqibatida xonaning ichiga to`planib qolgan tutundan zaharlanib, vafot etgan. 

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar