Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi mahallalardan birida chiqindilarni saralash bo`yicha ilk sinov loyiha ishga tushirildi.
Dastlabki bosqichda loyiha Sirojiddinova ko`chasi bo`ylab («Bratskie mogili»ga parallel ko`cha) amalga oshiriladi, deya xabar beradi "Maxsustrans" DUK matbuot xizmati.
Loyihani amalga oshirish jarayonida har biri 120 litrdan iborat 630 ta plastik idishlar mahalla aholisiga tarqatiladi. Ushbu hududni loyihalash jarayonida maishiy chiqindilar uyda tartibga solinadi.
Plastik idishlarning ranglarisvetofordagi kabi tanlandi: oshxona va maishiy organik chiqindilar uchun yashil, plastik, qog`oz, metall va boshqa quruq chiqindilar uchun sariq rang va yuqoridagi idishlar uchun yaroqsiz qolgan chiqindilar uchun qizil rang.
BMT ko`ngillilari va “Maxsustrans” DUKning Yakkasaroy filiali xodimlari yordamida barcha konteynerlar foydalanishga topshiriladi.
Chiqindilarni har bir chiqindi turi uchun alohida maxsus mashina olib chiqadi, ya`ni har bir idish uchun alohida mashina keladi. Masalan, dushanba kuni sariq konteyner tarkibi chorshanba yashil va juma kuni qizil rangdagi konteyner chiqindisi olib chiqiladi.
Loyihani «Maxsustrans» DUK, BMTTD loyihasi va Toshkent shahar hokimiyati hamkorlikda amalga oshirmoqda.
3 dekabr kuni mahalla aholisiga ushbu tajriba va uning kutilayotgan natijalari haqida batafsil ma`lumotlar berildi.
Keyinchalik tajriba natijalari to`g`risida ma`lumot berib boriladi.






