Toshkentda 3 dan 4 dekabrga qadar sodir bo`lgan yong`inlar haqida ma`lumot berildi. Toshkent shahrida o`tgan sutka davomida 2 ta yong`in holati qayd etilgan bo`lib, insonlarni halok bo`lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
4 dekabr 2019 yili soat 00:49da, Yunusobod tumani, Minor mavzesi 92-uy 50-xonadonda uy jixozlari 20 kv.m. maydonida yongan. Yong`indan xonadonning 30 kv.m. maydoni saqlanib qolingan. Yong`in o`chirish jangovar bo`linmalari chaqirilgan manzilga soat 00:50da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 00:55da qurshab olinib, soat 00:57da bartaraf etilgan.
Yong`in sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo`lgan, deb tahmin qilinmoqda. Yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong`in joyiga 3 ta yong`in o`chirish texnikasi jalb qilingan.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek, fuqarolarimizni yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishlarini so`rab qoladi.






