AsosiyDunyo

Xitoyning uyg`ur musulmonlarga qilgan tazyiqi qoralandi

'Xitoyning uyg`ur musulmonlarga qilgan tazyiqi qoralandi'ning rasmi

3-dekabrda AQSh Kongresi Xitoyning Shinjon viloyatidagi musulmonlarga nisbatan ommaviy va shafqatsiz tazyiq o`tkazganini qoralab, bu zulmi uchun Xitoy hukumatiga bosim o`tkazishga qaratilgan qonunni qabul qildi. Bu haqda arabnews.comga tayanib xabar berildi.

Kongresning vakillar palatasi “Uyg`urlarning inson huquqlari to`g`risida”gi qonunni tasdiqlash uchun 407-1 hisobida ovoz berdi. Ushbu qonun 1 milliondan ortiq uyg`urlar,  qozoqlar va boshqa millatga mansub musulmonlarni “qayta tarbiyalash” lagerlarida ushlab turilishini qoralaydi.  Ular bu erda “siyosiy tarbiya”,  kaltaklash va och qolish,  shuningdek,  diniy hamda til erkinligini inkor etish kabi qiynoqlarga solinmoqda.

«Xitoy hukumati Shinjonda uyg`urlar va boshqa musulmon ozchilikning etnik va madaniy o`ziga xosligini muntazam ravishda yo`q qilish uchun ish olib bormoqda. Bugun Kongres Xitoylik amaldorlarni inson huquqlarining qo`pol va doimiy ravishda buzilishi uchun javobgarlikka tortishda yana bir muhim qadam tashladi»,  dedi ushbu qonunni qo`llab-quvvatlovchi senator Marko Rubio.

Boshqa yangiliklar