AsosiyJamiyat

Magistral gaz quvurini teshib qo`ygan ekskavator haydovchisi yonib ketdi

'Magistral gaz quvurini teshib qo`ygan ekskavator haydovchisi yonib ketdi'ning rasmi

Magistral gaz quvurlari muhofaza hududi va xavfsizlik talablariga amal qilmaslik natijasida turli noxush holatlar kelib chiqishi kuzatilmoqda.

“O`ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmatidan ma`lum qilishlaricha, 3 dekabr kuni soat 15:15 da Farg`ona magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli Beshariq tumani Baxmal qishlog`i hududidan o`tgan “Beshariq” GTSga boruvchi diametri 219 millimetrli quvur tarmog`ining 4-5 km oralig`ida noqonuniy holda, tegishli ruxsatnomalarsiz ekskavator yordamida er ishlarini (tosh olish) olib borilishi natijasida magistral gaz quvur tarmog`iga shikast etkazilgan. Quvurni teshilishi yong`in kelib chiqishiga sabab bo`lgan. Oqibatda ekskavator haydovchisi 1960 yilda tug`ilgan D.M. kuyish tan jarohati olib, tezkorlik bilan Beshariq shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

photo5420594747753474893.jpg


Avariya holatini tezkor ravishda bartaraf etish uchun magistral gaz quvuriga gaz berish to`xtatilib, yong`in tezda o`chirilgan.

Amalga oshirilgan choralar tufayli halokat natijasida shikastlangan gaz quvuri kechki soat 20:50da qayta tiklandi. Aholiga tabiiy gaz etkazib berish 4 dekabrda yo`lga qo`yiladi.

 

    Boshqa yangiliklar