1

Nukusda 4 milliard so`mga ko`p tarmoqli tibbiyot markazining yangi binosi qurib bitkazildi

Salomatlik 27.01.2015, 11:38
Nukusda 4 milliard so`mga ko`p tarmoqli tibbiyot markazining yangi binosi qurib bitkazildi

Nukus shahrida Qoraqalpog`iston Respublikasi ko`p tarmoqli tibbiyot markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda 26 yanvar, dushanba kuni O`zA xabar berdi deb yozadi kun.uz.

Markaz 375 o`ringa mo`ljallangan bo`lib, unda 14 bo`lim hamda 200 qatnovga ega maslahat poliklinikasi faoliyat yuritmoqda. Bu erda 100 nafar malakali shifokor, 255 nafar o`rta bo`g`in tibbiyot xodimi mehnat qilmoqda.

2014 yilning o`zida markaz 1 milliard so`mlikdan ziyod tibbiyot jihozlari, qattiq va yumshoq mebellar bilan ta`minlangan, bu erda zamonaviy, kompyuterlashtirilgan tashxis qo`yish uskunalaridan foydalanilmoqda.

“Markaz faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida klinik diagnostika laboratoriyasi, maslahat poliklinikasi, oshqozon-ichak kasalliklari bo`limi uchun uch qavatli yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi”, – deyiladi agentlik xabarida.

“Investstroy Nukus” kompaniyasi quruvchilari tomonidan barpo etilgan bino qurilishiga 4 milliard so`mdan ziyod mablag` sarflandi. Qurilish ishlarining ikkinchi bosqichida 165 bemor davolanadigan jarrohlik bo`limining yangi binosini barpo etish rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1