Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida inson o`limi bilan yakunlangan yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Postda.uz.
Xorazm viloyati Hazorasp tumanida yashovchi K.O. o`zining Isuzu rusumli yuk avtomashinasini Boysun tumanining «Shifobuloq» mahallasi hududidan o`tuvchi M-39 yo`lining 1322-kilometrida haydab ketayotib boshqaruvni qo`ldan chiqaradi. Natijada avtomashina yo`l chetidagi beton to`siqqa uriladi va ag`dariladi.
Yo`l-transport hodisasi oqibatida haydovchi K.O. va avtoulov yo`lovchisi, Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida yashagan E. S. jarohat olib, voqea joyida dunyodan ko`z yumdi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






