AsosiyJamiyat

Uyidan qochib ketayotgan maktab o`quvchilarini qaytarib qolgan Toshkent shahar IIBB xodimlar rag`batlantirildi

'Uyidan qochib ketayotgan maktab o`quvchilarini qaytarib qolgan Toshkent shahar IIBB xodimlar rag`batlantirildi'ning rasmi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi «Katta hovuz» mahalla fuqarolar yig`ini raisi F.Quldoshev O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi yo`lovchi poezdlarini kuzatish bo`yicha 2-guruh bataloni xodimlari – Murod Rahimov va Dilmurod Mirzaahmedovning tezkor va yuqori professional xizmati uchun minnatdorlik bildirib sohaviy xizmat rahbariyati murojaat qildi. 

Gap shundaki, shu yilning 31 oktyabrida Toshkent – Xojikent yo`nalishida harakatlanayotgan yo`lovchi poezdida ikki nafar voyaga etmagan shaxsning kattalar nazoratisiz Xojikentga ketayotganligi bu erda xizmat olib borayotgan xodimlarning e`tiboridan chetda qolmadi. Xodimlarning hushyorligi, e`tibori va tezkor harakati tufayli uyidan qochib ketgan maktab o`quvchilari O.Qosimxo`jaev va M.Azimov yashash joyiga olib borilib, ota-onalariga topshirildi. 

Namunali xizmatlari uchun Murod Rahimov va Dilmurod Mirzaahmedov IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi tomonidan rag`batlantiriladigan bo`ldi.

 

    Boshqa yangiliklar