AsosiyJamiyat

Ulug`norda bir oila is gazidan zaharlandi. Bir nafari vafot etdi

'Ulug`norda bir oila is gazidan zaharlandi. Bir nafari vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 4-dekabr kuni soat 07:00 larda Andijon viloyati Ulug`nor tumani, Shahriobod mahallasida yashovchi 1981 yilda tug`ilgan N.J, uning oila a`zolari 1986 yilda tug`ilgan N.J, 2010 yilda tug`ilgan M.J, 2007 yilda tug`ilgan O.Yu va 2006 yilda tug`ilgan Sh.Yu isitish pechining mo`risidan chiqqan is gazidan zaharlangan. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchi.uz ga ma`lum qildi. 

Oqibatda, Sh.Yu voqea joyida vafot etgan, qolgan jabrlanuvchilarning ahvoli qoniqarli.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar