Bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tasarrufidagi Noshirlik kollejining kapital ta`mirdan chiqarilgan binosi o`quvchilar uchun foydalanishga topshirildi. Bu haqda agentlik direktori Komiljon Allamjonov o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma`lum qildi.
K.Allamjonov kollej kelgusida etuk matbaachilar va noshirlarni tayyorlaydigan muhim maskanga aylanishiga ishonishini, buning uchun barcha sharoit va imkoniyatlar etarli ekanligini aytmoqda.






