AsosiyJamiyat

Naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy olib chiqilishiga chek qo`yildi

'Naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy olib chiqilishiga chek qo`yildi'ning rasmi

Bugungi kunda mamlakatimizdan naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy tarzda olib chiqilishiga qarshi bojxonachilar tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, qo`shni davlatga yo`l olgan fuqaro J.M. xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatmasdan va bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilmasdan kiyimlari orasiga 1 027 000 rossiya rubli miqdoridagi naqd xorijiy valyutalarni yashirib olib chiqish rejasi amalga oshmadi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar